Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Peres Mbappening "Real"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

"Bu transfer bizga Evropa Superkubogini qo‘lga kiritishimizga yordam berdi"

Florentino Peres Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi haqida ijobiy fikrda. 

"Mbappening kelishi futbol olamidagi katta voqealardan biriga aylandi. O‘sha kuni aytganimdek, u ko‘pchilik qila olmaydigan harakatlarni qilmoqda. Bu bizga Evropa Superkubogini qo‘lga kiritishimizga yordam berdi", - dedi "Real" prezidenti klub Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida. 

14 avgust kuni "Real" "Atalanta"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Evropa Superkubogini qo‘lga kiritdi. "Real"dagi debyut uchrashuvida Mbappe gol urgandi. 

 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q