Peres Mourinьoning taklifini ma’qulladi
«Real» Joze Mourin'yu so‘roviga binoan «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiolni yozda sotib olish rejasini ma'qulladi.
Madridning «Real» klubida yaqinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Florentino Peres jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyuning ilk transfer so‘roviga rozilik berdi.
Insayder Alberto Pereyra tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Peres portugaliyalik mutaxassis taklifiga ko‘ra, Xorvatiya terma jamoasi va «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olish rejasini ma’qullagan.
Ma’lum qilinishicha, «qirollik klubi» futbolchini yozgi transfer oynasining o‘zidayoq qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
24 yoshli Gvardiol «Manchester Siti» safini 2023 yil avgustidan beri himoya qilib kelmoqda.
Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Markaziy himoyachining taxminiy bozor qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)