Peres: "Real" hech qachon toʻxtamaydi"
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning futbol tarixidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. U "qaymoqranglilar" erishgan yutuqlar bilan cheklanib qolmasligi, klub har doim yangi sovrinlar uchun kurashishda davom etishini ta’kidladi.
"Bu yerda hech kim taslim bo‘lmaydi. Biz yil sayin, oxirgi daqiqagacha kurashishda davom etamiz. Maqsad — sport tarixidagi eng boy sovrinlar jamg‘armasini yanada kengaytirish. Bu meros aynan "Real"ga tegishli", — dedi Peres.
Haqiqatan ham, madridliklar hozirgi kunga kelib Yevropaning eng sovrindor klublaridan biri bo‘lib turibdi va Peres boshqaruvida bu ro‘yxat yanada boyib bormoqda. Klub prezidentining bayonoti jamoaning har bir mavsumda maksimal maqsadlar uchun maydonga tushishini yana bir bor tasdiqladi.
Ayni paytda Alvaro Arbeloa boshqarayotgan jamoa La Liga jadvalidagi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Barselona"dan 9 ochko ortda qolmoqda. Shu bois, chempionlik poygasida har bir tur "Real" uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Fikrlar