Peres: "Verstappendan tez bo‘lish ham, sekin bo‘lish ham muammo"

  • 07.01.2026 00:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

AQShning "Kadilak" jamoasi poygachisi, meksikalik Serxio Peres Avstriyaning "Red Bull" jamoasida ishlashning murakkabligi nimada ekanligini aytib berdi.

"Red Bull"da mutlaqo hamma narsa muammo edi. Agar sen juda tez bo'lsang, bu muammo tug'dirardi. Ko'rinib turibdiki, shu tufayli "Red Bull"da juda keskin muhit hukm surgan. Agar men Maksdan (Verstappen) tezroq bo'lsam, bu doim muammoga aylanardi. Va aksincha, undan sekinroq bo'lsam ham", - deya Peresning so'zlarini keltiradi Sportskeeda portali.

Eslatib o'tamiz, Serxio Avstriya jamoasida 2021-2024 yillar davomida faoliyat olib borgan. 2023-yilgi mavsumda Peres F-1 vitse-chempioni bo'ldi. Umuman olganda, meksikalik poygachi "Qirollik poygalari"da 14 mavsum o'tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!