Petra Martich ilk uchrashuvda g‘olib bo‘ldi
Xorvatiyalik tennischi Petra Martich Istanbul shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida muvaffaqiyatga erishdi.
Petra ushbu bosqichda sloveniyalik Tamara Zidanshek bilan uch set davomida kurash olib bordi va 3:6, 6:1, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa "TEB BNP Paribas Istanbul Cup" turnirida Martich ikkinchi davraga yo‘l oldi. Endi u belgiyalik Kirsten Flipkens, yoki ruminiyalik Ana Bogdanga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar