Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Pitszachilar ham "Manchester Siti" ustidan kuldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Shaharliklar" murakkab ahvolda

«Manchester Siti» jiddiy jazoga duch kelishi mumkin. Ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, klub moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha aybdor deb topilgan. 

Tergov doirasida 115 ta epizod ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, shundan 114 tasi bo‘yicha ayblov tasdiqlangani aytilmoqda.

Shu orada Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan Domino's Pizza tarmog‘i ijtimoiy tarmoqlarda «Manchester Siti» ustidan hazil qildi.

Pitseriya sahifasida bo‘sh pitssa qutisi aks etgan surat joylanib, u quyidagi izoh bilan e’lon qilindi: «Sizlarga «Manchester Sitiga hamdardlik» pitssasini taqdim etamiz».

Ya’ni Domino's Pizza «Manchester Siti»ga hech qanday hamdardlik bildirmadi. Buni tushunish qiyin emas – agar qoidalar haqiqatan ham buzilgan bo‘lsa, javobgarlikka tortish tabiiy hol. Shu bilan birga, «shaharliklar» qaror ustidan shikoyat berishga tayyorlanayotgani ma’lum qilingan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q