Pochettino Nkunkuning debyut goli haqida gapirdi
Maurisio Pochettino Kristofer Nkunku "Chelsi"ning asosiy o‘yinchisiga aylanishiga ishonmoqda.
Germaniyalik forvard kecha bo‘lib o‘tgan "Vulverxempton"ga qarshi APLdagi debyut uchrashuvida "ko‘klar" safidagi ilk golini urdi.
"Nkunku gol urganidan juda xursandman. Bu ning biz uchun qanchalik muhim futbolchi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biz unga ortiqcha bosim o‘tkaza olmaymiz. U uzoq vaqt maydonga tusha olmadi va shu sababli zaxiradan maydonga tushdi.
U mahoratli futbolchi va qanday qilib gol urishni biladi. G‘alaba qozona olmaganimizdan xafsalamiz pir bo‘lsa-da, uning muvaffaqiyat qozonganidan xursandmiz", - dedi "aristokratlar" ustozi.
Fikrlar