Asosiy mazmunga oʻtish

Pochettinoga kutilmagan jamoadan ish chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Chelsi"ni uddalay olmadi

Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino “Chelsi”ni engilmas jamoaga aylantira olmadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, klub rahbariyati uni iste’foga chiqarib yuborishi mumkin. Biroq Pochettino ishsiz qolmasligi aniq.

Todofichajes saytining yozishicha, argentinalik murabbiy Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Madridning “Atletiko” klubi jamoani uzoq yillardan beri boshqarib kelayotgan Diego Simeone xizmatidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Ular argentinalik mutaxassis o‘rniga uning hamyurtini olib kelmoqchi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q