
Pogba qachon safga qaytadi? Bu savolga Sulsher javob berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning tiklanish jarayoni qanday kechayotgani haqida ma’lumot berib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi 6 fevral kuni "Everton"ga (3:3) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
“Polning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Muolajalar boshlangan, ammo u bir necha hafta o‘tkazib yuboradi. Pogba fevral oyida aniq bizga yordam bera olmaydi”, - dedi norvegiyalik mutaxassis.
Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar