Pol Skoulz dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi kimligini aytdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulzning fikricha, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne ayni damda APLning eng yaxshi yarim himoyachisi hisoblanadi.
"De Bryoyne nafaqat premer-ligadagi, balki dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisidir. U maydonda hamma narsaga qodir. Jamoada shunday o‘yinchilar borligi ajoyib. Kevin gollar uradi va imkoniyatlar yaratadi, u ajoyib paslarga ega. Unda hamma narsa bor. De Bryoyneni to‘xtatish juda qiyin”, - dedi Skoulz.
30 yoshli De Bryuyne joriy mavsum «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.



Fikrlar