"Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas", - Fabio Kannavaro

  • 23.06.2026 06:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi bahsdan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Biz Portugaliyaning futbol falsafasini o‘rganishga harakat qildik. Ular doimo to‘p nazorati orqali o‘yinni boshqarishni yoqtiradi. Shuningdek, uchrashuvni juda faol boshlashga intilishlarini ham bilamiz. Chunki imkon qadar tezroq o‘yinni o‘z foydasiga burishni, himoyani yorib o‘tishni istashadi.

Shundan kelib chiqib biz ham bunga tayyorgarlik ko‘rdik, deb o‘ylayman. O‘z rejamiz va strategiyamiz bor va maydonda aynan o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol shunday o‘yin. Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo avval ham aytganimdek, biz bundan qo‘rqmaymiz.

Qo‘limizdan kelgan eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga va uchrashuv oxirigacha kurashishga harakat qilamiz.

— Avval ham aytganimdek, biz faqat Krishtianuga qarshi o‘ynamaymiz. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, biroq Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas. Ularning asosiy tarkibida ham, zahirasida ham juda ko‘p yuqori saviyali futbolchilar bor. Shunga qaramay, jarima maydonida Ronaldu­ni bir lahzaga ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

standart vaziyatlarda ham, o‘yin davomida ham istalgan payt gol urishga qodir. Shu bois butun o‘yin davomida maksimal darajada diqqatli bo‘lishimiz kerak.


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!