Portugaliya Ronaldusiz ham gol urishda davom etdi
Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz o‘tgan bahsda ham yuqori samaradorlikni namoyish etdi.
Bugungi o‘yinda portugallar Armanistonni 9:1 hisobida taslim etdi va Irlandiya, Vengriya hamda Armaniston jamoalari jamlangan guruhda birinchi o‘rinni egallab, JCh–2026 yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ronaldu ushbu uchrashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yubordi.
Qizig‘i shundaki, Krishtianu ishtirok etgan saralashning oldingi besh o‘yinida Portugaliya jami 11 ta gol urgan bo‘lsa, ularning 5 tasi Ronaldu hisobiga to‘g‘ri kelgan. Bugungi o‘yinda esa terma jamoa yulduz futbolchisiz 9 ta gol urdi.
Fikrlar