Portugaliyada Ronaldudan boshqa rekordchilar ham bor
Bu gol ko‘p narsani hal qildi
Gonsalu Ramush boshi bilan yo‘llagan aniq zarba Portugaliya terma jamoasiga Xorvatiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, «Milan»ning yangi futbolchisi milliy jamoa tarixida yangi rekord o‘rnatdi.
Ma’lum qilinishicha, Ramush urgan gol Portugaliya terma jamoasi jahon chempionati o‘yinlarida kiritgan eng kechki hal qiluvchi gol sifatida tarixga kirdi. Bu yerda faqat asosiy 90 daqiqa inobatga olingan, qo‘shimcha vaqt hisobga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati pley-off bosqichining keyingi bosqichida Portugaliya Iberiya yarim orolidagi qo‘shnisi – Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Jahon chempionati o‘n birinchi iyunda start olgan bo‘lib, musobaqa finali o‘n to‘qqizinchi iyulga qadar davom etadi.
Izohlar (0)