Portugaliyalik hujumchi "Milan"ga yo‘l olishi mumkin
Italyaning "Milan" klubi PSJ hujumchisi Gonsalu Ramushga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Sasha Tavolerining ma’lum qilishicha, Italiya klubi 24 yoshli futbolchini o‘z hujum chizig‘i uchun asosiy nomzod, deb hisoblamoqda. "Milan" klubi vakillari portugaliyalik hujumchining agenti bilan kelishuv imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muzokaralar olib bormoqda.
"Rossanerilar" 30 million evro evaziga Ramushni sotib olish mumkin deb hisoblamoqda. Forvardni "Transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evro etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, Gonsalu bu mavsum parijliklar safida jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol kirtdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar