Asosiy mazmunga oʻtish
Velosport

Poytaxtimizda velomarafon o‘tkazildi

Zohir2018
Izohlar: 0

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi raisi T.Norboeva ishtirok etdi

Poytaxtimizda havaskor velosipedchilar o‘rtasida velomarafon bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Velosiped sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur velomarafon Toshkent shahrining Afrosiyob va O‘zbekiston ko‘chalari kesishgan joydan, Beshyog‘och, Furqat, O‘zbekiston ko‘chalari bo‘ylab halqa shaklida o‘tkazildi.
Umumiy hisobda 5 kilometr masofani tashkil etgan velomarafon 18-30, 31-45 va 45 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan, mahallalardagi havaskor aholi vakillari o‘rtasida o‘tdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan marafonda barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q