Prevyu. "Lokomotiv" - "Paxtakor"

  • 14 mart, 2024, 05:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 3-turi doirasida "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" klublari maydonga tushishadi. "Paxtakor" matbuot xizmati bellashuv oldidan prevyuni taqdim etdi.

Chempionatlar tarixida jamoalar jami 38 bor to‘qnash kelishgan. Ularning 24 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 8 bellashuvda durang natija qayd etilib, 6 marta "Lokomotiv" ustun kelgan. Raqib darvozasiga 82 gol urgan "Sherlar" 32 to‘p o‘tkazib yuborishgan. 2020 yilgi mavsumda o‘zaro o‘yinlar tarixidagi eng yirik natija kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" 7:0 hisobida muvaffaqiyatga erishgan. 2005 yilgi bellashuvda esa Anvar Soliev raqib darvozasiga 5 ta to‘p kiritgan!

Safardagi o‘yinlarda ko‘rsatkichlar shunday ko‘rinish olgan: 11 g‘alaba, 5 ta durang va 3 mag‘lubiyat. Gollar bo‘yicha ustunlik "Paxtakor" foydasiga - 45:19. Mehmondagi eng yirik g‘alabamiz 6:1 natijasi 2005 yil kuzatilgan.

"Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14 mart, payshanba kuni soat 18:45 da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!