
Prevyu. "Navbahor" - OKMK
O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida "Navbahor" Olmaliqning OKMK klubiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 32 marta kuch sinashishgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 13 marta, namanganliklar esa 9 marta zafar quchishgan. O‘nta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 41:40, OKMK foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 49 ochkoni, “lochinlar” esa 37 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1.
Mazkur klublarning shu kungacha Namanganda o‘tkazilgan 16 ta bahsidan 5 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 4 ta o‘yinda olmaliqliklar zafar quchishgan, 7 ta uchrashuvda esa jamoalar durangga imzo chekkan.
To‘plar nisbati – 19:15, “lochinlar” foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – OKMK uchrashuvi 9 mart kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi.
"Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar