Prevyu. "Navbahor" - "So‘g‘diyona"

  • 6 avgust, 13:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul  qiladi.

Tecno

Klub matbuot xizmati o‘yin oldidan prevyuni taqdim qildi. Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining  superliga (oliy liga)sida o‘zaro 59 marta uchrashishgan.

Ushbu o‘yinlarning 28 tasida “Navbahor”  g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 23 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 98-70, “Navbahor” foydasiga. Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 92 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 77 ochko mavjud. 

“Navbahor” – “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili “lochinlar” Namanganda jizzaxliklar darvozasiga 7 ta javobsiz to‘p kiritishgandi.

Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan.E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.

2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

Namanganda bo‘lib o‘tgan  29 uchrashuvning 21 tasida “lochinlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 3 ta o‘yinda jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan, 5 ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekishgan. “Navbahor”ning o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridagi to‘plar nisbati – 63-20, jamoamiz foydasiga.

Mazkur jamoalarning 1-davrada Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsida "Navbahor" 3:2 hisobida zafar quchgandi. Mezbonlarning goliga Lupcho Doriev (14,76), namanganliklarning gollariga esa Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (2), Ruslanbek Jiyanov (66)  va Augusto Pedro (90)lar mualliflik qilishgandi.    

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yini  bugun Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!