Prevyu. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan"

  • 26.03.2025 11:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Ertaga "Qo‘qon-1912" Superliganing 3-turida "Sho‘rtan" jamoasini mehmon qiladi.

Klublar o‘tgan mavsum Pro ligada o‘zaro to‘rtta uchrashuvda maydonga tushishgandi. Umuman olganda esa jamoalarning chempionat bahslaridagi 12-to‘qnashuvi bo‘ladi.

O‘zaro uchrashuvlardagi statistika "Qo‘qon-1912"ning foydasiga. 12 ta bahsning teng yarmida jamoa g‘alaba qozonishni uddalagan. Uchta bahsda g‘uzorliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana uchta bahsda durang qayd etilga. To‘plar nisbati esa 21-16 qo‘qonliklar foydasiga.

"Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" o‘rtasidagi so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

27.11.2024. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" - 1:1
24.09.2024. "Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" - 1:1
25.06.2024. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" - 0:3
09.05.2024. "Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" - 1:0
03.08.2023. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" - 2:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!