Prevyu. "Surxon" - "Andijon"
Bugun Superliganing 26-turi yakuniga etadi. “Andijon” Termizda “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Yodingizda bo‘lsa, birinchi davrada “Bobur arena”da o‘tkazilgan bahsda maydon egalari 2:1 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratgan. Umumiy hisobda esa jamoalar milliy chempinatda 35 marta to‘qnash kelishgan.
“Surxon”da 11, “Andijon”da 18 g‘alaba bor. 6 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 44\64 jamoamiz foydasiga.
"Andijon" oxirgi marta “Surxon” mezbonligi ostidagi o‘yinda o‘tgan yili g‘alaba qozongan. Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda “Andijon” raqibini 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. “Andijon” “Surxon” mezbonligidagi uchrashuvlarning 4 tasida durang o‘ynagan va 5 tasida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, “Surxon” - “Andijon” o‘yini bugun, soat 18:30 da boshlanadi.



Fikrlar