Pro-Liga. "Andijon" "Sho‘rtan"ni mag‘lub etib, Superligaga yanada yaqinlashdi

Pro-Liga 17-turidan o‘rin olgan "Andijon" va "Sho‘rtan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Andijondagi "Bobur Arena" o‘yingohida o‘tkazilgan bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bahsning 38-daqiqasida Ildar Mamatkazin hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Hojiakbar Yunusov muvozanatni tikladi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Vladimir Bubanya gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

 Ma’lumot uchun, "burgutlar" mazkur g‘alabadan keyin ochkolar sonini 37taga etkazib peshqadamlik qilmoqda. 17 ochko to‘plagan "Sho‘rtan" 7-o‘rinda joylashgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Nosirov
27/08/2022 21:31
"АНДИЖОН "жамоси уйинчилари бир хафта давомида каттик ишлашганми, тезда чарчаб колишди. Бу яхшиликка олиб келмайди.