Pro ligada ilk to‘qnashuv. "Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" o‘yini oldidan

  • 14 mart, 2023, 12:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
CHERY AUTO

Ertaga “Qo‘qon-1912” pro ligadagi yurishini boshlaydi. Dastlabki turdagi raqib — “Sho‘rtan”.

Tecno

Jamoalar ilk bor pro liga bahslarida to‘qnash kelishadi. Unga qadar jamoalar Superliga bahslarida olti marta o‘ynashgan. O‘zaro o‘yinlar statistikasida qo‘qonliklar to‘liq ustunlikka ega. Bu xususida “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati ma’lumot bermoqda.

Olti o‘yindan beshtasida «Qo‘qon-1912» jamoasi g‘alaba qozongan va yana bitta uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati esa 17:8 Qo‘qon jamoasi foydasiga.

Klublarning Superligadagi so‘nggi uchrashuvi 2017 yilning 30 sentyabr sanasida Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan. Ushbu bahsda mezbonlar raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 15 mart kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!