Pro ligada markaziy o‘yin! Ustunlik kim tomonida?
Pro-liganing 20-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Mash’al” va “Buxoro” shu kungacha chempionat bahslarida 36 marta to‘qnash kelgan. Ularning 17 tasida ” Mash’al “, 7 tasida ” Buxoro ” yutuqqa erishgan. 12 o‘yin durang bilan yakunlangan.
“Gazchi”lar raqib darvozasini 29 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, buxoroliklar esa 37 gol urishgan.
“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0 ga teng. “Buxoro”da ham bu ko‘rsatkich 4:0 bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun "Buxoro" - "Mash’al" o‘rtasidagi uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
“Mash’al” matbuot xizmati.
Fikrlar