PSJ "Barsa"ning yana bir yulduzini olib ketadi
Yangi variant chiqdi
«Barselona»ning markaziy yarimhimoyachisi Gavi «Pari Sen-Jermen» klubi diqqat markazida turibdi. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, «PSJ» bilan bir qator Angliya premyer-ligasining yetakchi jamoalari Gavinining holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Futbolchi hozirgi paytda «Barselona» safida uncha ko‘p o‘yin amaliyotiga ega emas. Shunga qaramasdan, Gavi hali ham kataloniyaliklar loyihasining muhim qismi sifatida ko‘rilayotgani, klub uni sotish niyatida emasligi ta'kidlanmoqda. Shu bilan birga, agar futbolchining o‘zi ketish istagini bildirsa, «Barselona» uni qo‘yib yuborish imkonini ko‘rib chiqishi mumkinligi qayd etilgan.
Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.
Izohlar (0)