PSJ egalari "Manchester Yunayted"ni xarid qilmoqchi, biroq ...

  • 24 yanvar, 2023, 16:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ egalari "Manchester Yunayted" klubiga qiziqish bildirmoqda. 

"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, "Qatar Sports Investments" investitsiya kompaniyasi Angliya klubiga egalik qilmoqchi. QSI ushbu xaridni hozir amalga oshirishi qiyin, chunki buning uchun kompaniya PSJni tezkorlik bilan sotib yuborishi kerak. Ammo bu ularning rejalariga kiritilmagan. 

Yana bir muqobir variant ham bor: Qatar kompaniyasi alohida yangi biznes tuzilmasini yaratishi mumkin, lekin bu futbol regulyatorlarining har xil tekshiruvlariga olib keladi.

PSJ prezidenti va Qatar Sports Investments bosh direktori Nosir Al-Helayfi "Manchester Yunayted" xo‘jayinlari bilan uchrashmagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!