PSJ emas! "Barsa" Chempionlar ligasida asosiy raqibini aytdi

  • 12.09.2026 20:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumni major kayfiyatda boshladi. Kataloniya klubi ayniqsa Chempionlar Ligasiga katta umid bog‘lamoqda – «ko‘k-anorranglilar» bu nufuzli sovrinni oxirgi bor 2015 yilda qo‘lga kiritgan edi. 

Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi «Barsa» Yevropa maydonida yarim final va chorak finalgacha yetib bordi, ammo mos ravishda «Inter» va «Atletiko»ga mag‘lub bo‘lib to‘xtab qoldi.

El Nacional nashri Bild manbasiga tayanib xabar berishicha, «Barselona» Chempionlar Ligasidagi asosiy raqib sifatida «PSJ»ni emas, balki «Bavariya»ni ko‘rmoqda. Bunga sabab, oxirgi ikki mavsumda qatorasiga «quloqchali» kubokni yutib kelgan parijliklar ichki chempionatda yangi mavsumni unchalik ishonarli tarzda boshlamadi.

«Bild ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona»da hozirgi paytda ularga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan yagona jamoa sifatida «Bavariya» tilga olinmoqda. Nemis grandi tarixan Yevropa musobaqalarida katalonlar uchun eng katta «dahshat» bo‘lib kelgan», – deya yozadi nashr.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Chempionlar Ligasi birinchi turida «Feyenoord» darvozasini 5:1 hisobida ishg‘ol etib, musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!