PSJ yetakchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
PSJ yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Fichajes" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, vingerni Londonning "Chelsi" klubi o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. "Ko‘klar" murabbiyi Liam Rosenyorning shaxsan o‘zi Gruziyalik futbolchini tarkibida ko‘rishini istamoqda.
25 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Xvicha joriy mavsum parijliklar safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar