PSJ mashhur darvozabon transferi bo‘yicha ish boshladi
Narhi baland posbon keladi
PSJ yangi darvozabon olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Sababi – Lyuka Shevalye o‘yin amaliyoti yetishmayotgani uchun jamoani tark etishi mumkin. Shu bois rossiyalik Matvey Safonov uchun darvozada raqobat yanada kuchayishi ehtimoldan xoli emas.
Goal nashrining Bild manbasiga tayanib xabar berishicha, parijliklar «Borussiya» darvozaboni Gregor Kobelni asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Gap shunchaki qiziqish haqida emas – Liga 1 grandi rahbariyati so‘nggi haftalarda Kobelning o‘zi va uning yaqin atrofi bilan bir necha marta muzokaralar o‘tkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ bu transferning moliyaviy tomoni va tashkiliy jihatlarini sinchiklab o‘rganmoqda.
28 yoshli Gregor Kobelning transfer qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 40 million yevro atrofida baholangan.
Izohlar (0)