
PSJ Mbappe bo‘yicha bir qarorga keldi
PSJ rahbariyati jamoa yulduzi Kilian Mbappe bo‘yicha bir qarorga keldi. Klub xo‘jayinlari qanday taklif bo‘lishidan qat’i nazar bu yoz 24 yoshli hujumchini sotmaydi.
Taniqli insayder Loik Tanzining ma’lum qilishicha, klub egalari Mbappe bilan hamkorlikni uzaytirib, uni yangi shartnomaga ko‘ndirishga harakat qilyapti.
Manbalarga ko‘ra, Mbappening hozirgi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Biroq unda futbolchi 2024 yilning yozida jamoani erkin agent sifatida tark etishi bo‘yicha band kiritilgan.
“Real” Kilianni bir yildan keyin erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi. Mbappening o‘zi ham Madridga ko‘chib o‘tishni istayapti.
Demak, parijliklarda eng zo‘r to‘purarini jamoada qolishga ko‘ndirish uchun bir yil vaqt bor.
Fikrlar