PSJ Mbappega APL klubidan o‘rinbosar topdi
PSJ kelasi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Kilian Mbappe o‘rniga boshqa futbolchi izlash ishlarini boshlab yubordi.
"Eurosport" nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar "Everton" hujumchisi Risharlisonni sotib olishga harakat qiladi. Jamoa uni frantsiyalik yulduzga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
22 yoshli Kilian bu yozda "Real" safiga o‘tib ketishga yaqin kelgandi. Biroq Parij klubi uni shartnomasi yakuniga qadar o‘z safida olib qolishga qaror qildi. Mbappe va PSJ o‘rtasida tuzilgan amaldagi bitim 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Risharlison "Everton" tarkibida 2018 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida 24 yoshli futbolchi 122 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 43 gol va 10 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. "Transfermarkt" portali uni 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar