
PSJ qiyinchilik bilan ochko qo‘lga kiritdi
Frantsiya chempionati 20-turidan o‘rin olgan "Lion" - PSJ o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Lukas Paketa 7-daqiqada gol urib hisobni ochdi. Tilo Kerer 76-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Ushbu durangdan so‘ng Parij klubi hisobidagi ochkolar soni 47 taga etdi. Ayni vaqtda ular Liga 1 peshqadami hisoblanadi. 25 ochkosi bor "Lion" 11-o‘rinni band etgan.
Fikrlar