
PSJ rahbariyati Mbappedan nega norozi?
Parijliklar rahbariyati hujumchi Kilian Mbappening intervyusiga salbiy munosabatda bo‘ldi.
Mbappe o‘z intervyusida o‘tgan yozda klub rahbariyatidan "Real"ga qo‘yib yuborishni so‘raganini aytgan. AS nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi Parij klubidan ruxsat olmagan holda ikkita intervyu bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunlangach, Mbappe erkin agentga aylanadi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab, u parijliklar ruxsatisiz boshqa klublar bilan muzokara olib borishi va shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘ladi.
Mbappe joriy mavsum PSJ safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar