PSJ “Real” rejasini barbod qildi

  • 06.02.2026 06:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” klubi prezidenti Nosir Al-Xelaifi 25 yoshli yarim himoyachi Vitin’ani fransuz grandi loyihasining markaziy figurasiga aylantirdi.

Vitin’aga Yevropaning bir qator grandlari ko‘z tikmoqda. Ayniqsa, “Real” kelasi yoz mahoratli yarim himoyachini transfer qilib, uning yordamida maydon markazidagi muammolarni bartaraf etishni rejalashtirayotgan edi.

Portugaliyalik futbolchining klub xo‘jayini tomonidan sotilmaydigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilgani “Real”ning rejalariга jiddiy zarba bo‘ladi.

Vitin’ya 2022 yilning yozida “Portu”dan Parij klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Shu davr mobaynida portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 183 o‘yinda qatnashib, 25 ta gol va 24 ta golli uzatma qayd etgan.

Vitin’yaning “Pari Sen-Jermen” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bugungi kundagi bozor qiymati 110 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!