PSJ yana ikki futbolchidan voz kechdi

  • 11 iyun, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati yangi o‘yinchilarni olish oldidan tarkibda jiddiy tozalash ishlarini o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tecno

Insayder Rudi Galettining yozishicha, murabbiylar shtabi maydon markazida o‘ynagan ikki ispaniyalik futbolchining javobini berib yuborishga tayyor. Gap Karlos Soler va Fabian Ruis haqida ketmoqda.

Har ikki o‘yinchi o‘tgan yili yozda transfer qilingan edi. Poytaxtliklar Karlos uchun “Valensiya”ga 18 million, Fabianni olish maqsadida “Napoli”ga 23 million evro to‘lagan. Bu futbolchilar debyut mavsumida murabbiylar shtabi ishonchini qozona olmadi.

Ispaniyalik yarim himoyachilar chempionatda o‘ttizga yaqin o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, o‘z hisobiga uchtadan gol rasmiylashtirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!