
PSJ yangi haftada 2 ta futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
Frantsiyaning amaldagi chempioni – PSJ yaqin kunlar ichida 2 ta transferni rasmiylashtirishi kutilmoqda.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ kelayotgan yangi haftada Ander Errera va Pablo Sarabiya bilan shartnoma imzolaydi.
Ta’kidlash kerakki, Errera “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi tugagani uchun parijliklar safiga erkin agent sifatida bori qo‘shiladi. Sarabiyaning transferi uchun esa PSJ “Sevilya”ga 18 million evro to‘lashi aytilmoqda.
Fikrlar