PSJ yulduzi grandlar nishonida
Bu oʻyinchi talash boʻlyapti
PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruiz Angliya premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumoticha, 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga bir qator ingliz klublari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Nyukasl» kabi jamoalar bor. Shunga qaramay, eng jiddiy da’vog‘ar sifatida «Chelsi» tilga olinmoqda. «Ko‘klar» bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan Ruizni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Le Parisien ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» qishki transfer oynasida PSJga yarim himoyachi uchun 70 million yevro taklif qilishni rejalashtirgan.
Joriy mavsumda Fabian Ruiz barcha musobaqalar doirasida yettita o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va ikki golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Izohlar (0)