
Erik ten Xag PSJ yulduzini kutyapti
PSJ hujumkor futbolchisi Usmon Dembeleda “top-5” chempionatlardan navbatdagisi – Angliya Premer-ligasida to‘p tepish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Todofichajes nashrining yozishicha, frantsiyalik charm to‘p ustasiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manchesterliklar 26 yoshli futbolchini yozda transfer qilmoqchi va bu ishlar uchun 50 million evro atrofida mablag‘ tikadi.
Usmon Dembele faoliyati davomida Frantsiyadan tashqari, Germaniya va Frantsiya oliy divizionlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Dembelening parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Fikrlar