Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

PSJga kutilmagan zarba!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yetakchi oʻyinchi safdan chiqdi

​Joriy mavsumda jarohatlar Ashraf Hakimini oʻz holiga qoʻymayapti. PSJ qanot himoyachisi “Bavariya”ga qarshi oʻtkazilgan Chempionlar ligasi yarim finali birinchi uchrashuvida yana shikastlandi.

Endi marokashlik futbolchi yana bir bor shifokorlar nazoratiga qaytishga majbur.

​Chempionlar ligasi yarim finalining Germaniyadagi javob uchrashuvida maydonga tusha olmasligi aniq boʻlgach, himoyachi sukutni buzdi.

- Men buni bir marta uddalaganman. Yana qaytara olaman, - deb yozdi u oʻzining Instagram sahifasida.

Marokashlik yulduz maydonga qaytish uchun har qachongidan ham koʻproq motivatsiyaga ega ekanini koʻrsatmoqda.

Ashraf Hakimi Parij klubining yetakchi oʻyinchilaridan hisoblanadi. Oʻtgan mavsum oʻz tarixida ilk bor Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan PSJ bu natijasini yana takrorlamoqchi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q