PSJning yana bir etakchisi jamoadan ketishi kutilmoqda

  • 6 mart, 2024, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Donnarumma faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. 

So‘nggi kunlarda posbon parjlik muxlislar va OAV tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Qolaversa, klub bosh murabbiyi Luis Enrike Donnarummani birinchi raqamli, deb hisoblamayapti. 

"Yuventus" 25 yoshli darvozabonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turin klubi Donarumma Janluidji Buffonga munosib o‘rinbosar bo‘lishini kutmoqda.

Donnarumma 2021 yil "Milan"dan PSJga ko‘chib o‘gan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum darvozabon barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol o‘tkazib yuborgan va 14 ta bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!