Pxyonchxan-2018: Shveytsariyalik tog‘ chang‘isi ustalari "avjiga chiqishmoqda"

CHERY AUTO

Pxyonchxan shahrida qizg‘in davom etayotgan navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlarining bugungi kun bellashuvlari Shveytsariya terma jamoasi uchun omadli o‘tmoqda. 

Tecno

Ushbu terma jamoa vakillari bugunning hisobidan ayni damgacha 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, bu medallarning barchasi tog‘ chang‘isi yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Erkaklar o‘rtasida kechgan bahsda ushbu terma jamoa 1 tadan oltin va kumush medallariga ega chiqqan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi superkombinatsiyada 1 tadan oltin va bronza medallari yozib qo‘yildi. 

Mishel Giski superkombinatsiyada tengsiz ekanligini ushbu Olimpiadada yana bir bor isbotladi. Amerikalik Mikaela Shiffrin ikkinchi natijani qayd etgan bo‘lsa, boshqa bir shveytsariyalik atlet Vendi Xoldenner kuchli uchlikni yakunlab berdi. 

Tog‘ chang‘isi. Ayollar, superkombinatsiya. 

1. Mishel Gisin (Shveytsariya)
2. Mikaela Shiffrin (AQSh)
3. Vendi Xoldener (Shveytsariya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!