"Qargʻalar" qimmat hujumchi olib keldi

  • 01.09.2026 21:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Lill» klubi hujumchisi Matias Fernandez-Pardo endi Angliya chempionatida to‘p suradi.

21 yoshli belgilaylik futbolchi «Nyukasl» safiga o‘tdi. Hujumchi uchun transfer to‘lovi 60 million yevro etib belgilangan, shartnomada qo‘shimcha 5 million yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Fernandez-Pardo yangi jamoasida 20-raqam ostida maydonga tushadi.

O‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida u 29 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

«Nyukasl» hozirgi paytda Angliya chempionati jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!