Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Qargʻalar" yulduzini ushlab qolish yoʻlini topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Xaridor ko‘payib ketdi

«Nyukasl» jamoasi himoyachisi Lyuis Xoll yaqin kunlarda klubdan yangi shartnoma bo‘yicha rasmiy taklif olishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «soroklar» yosh futbolchi bilan yangi, ancha yirik shartnoma borasida muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda. «Nyukasl» 21 yoshli futbolchining maoshini sezilarli ravishda oshirishni rejalashtirmoqda. 

Bunda «Manchester Yunayted» tomonidan bildirilayotgan qiziqish asosiy omillardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Avvalroq xabar berilganidek, «qizil iblislar» Lyuis Xollni 2027 yilda o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda uchta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma muallifiga aylanmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q