
Qatarda bo‘ladigan Osiyo kubogining o‘tkazilish sanalari e’lon qilindi. Taqvim O‘zbekiston uchun qulay, chunki...
Bugun yurtimizda U20 futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi start oladi. E’tiborlisi, bugun OFK kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogining o‘tkazilish sanalarini e’lon qildi. Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘zining telegram sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Qatar mezbonligida o‘tadigan urnir 2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraligacha bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash kerakki, bu safargi qit’a birinchiligi avvalgilaridan kechroq boshlanadi va tabiiyki kechroq yakunlanadi.
Qatar 2011 yil - 7 yanvardan 29 yanvargacha
Avstraliya 2015 yil - 9 yanvardan 31 yanvargacha
BAA 2019 - 5 yanvardan 1 fevralgacha
“Musobaqaning bir haftaga kechiktirilishi futbol mavsumi noyabr-dekabr oylarida yakunlanadigan jamoalarga (O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy) tayyorgarlik uchun qo‘shimcha vaqt beradi”, - deb yozadi Nikimbaev.
Fikrlar