"Qo‘qon-1912" ikki nafar futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi

  • 3 yanvar, 17:09
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Qo‘qon-1912" Superliganing keyingi mavsumi uchun yo‘lanmani qo‘lga kiritgan.

Tecno

Klub tarkibni kuchaytirish maqsadida tarkibga ikki nafar futbolchini qo‘shib oldi.

"So‘g‘diyona"ning 25 yoshli himoyachisi Alisher Salimov va "Sho‘rtan" tarkibida to‘p tepgan 27 yoshli hujumchi Jasur Xolto‘raev qo‘qonliklar safiga kelib qo‘shildi.

Alisher Salimov bilan kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.

Alisher Salimov
Tug‘ilgan sanasi: 22.07.1999
Ampulasi: Qanot himoyachi
Faoliyat olib borgan jamoalari: "Paxtakor", "Surxon", "Lokomotiv", "So‘g‘diyona"

Hujumchi Jasur Xolto‘raev bilan ham shartnoma bir yil muddatga imzolangan. 

Jasur Xolto‘raev
Tug‘ilgan yili: 20.09.1997
Ampulasi: Hujumchi
"Surxon", "Metallurg", "Buxoro", "Qizilqum", "Sho‘rtan" kabi jamoalarda to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
03/01/2025 17:44
Сугдиёнаа химоячиси ким эди алло Бухоро