Qozog‘istonga yulduzlar oqimi davom etmoqda

  • 28.01.2026 10:46
  • Улуғбек Хошимов
  • 1
  • Futbol

"Chelsi" sobiq himoyachisi Qozogʻiston klubiga koʻchib oʻtish arafasida

Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik koʻrayotgan Qozogʻistonning "Qaysar" klubi oʻz vaqtida Angliyaning "Chelsi", "Vest Xem", "Everton" va "Stok Siti" klublarida toʻp tepgan markaziy himoyachisi Kurt Zuma bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Zumaning soʻnggi klubi Ruminiyaning ChFR jamoasi boʻlgan. Ayni vaqtda fransiyalik futbolchi erkin agent hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, futbolchi faoliyati davomida 2 marta Angliya chempioni, Yevropa Chempionlar ligasi gʻolibi, Konferensiyalar ligasi gʻolibi, UEFA Superkubogi va terma jamoasi bilan UEFA Millatlar ligasi gʻolibi boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
28/01/2026 15:26
Ўсроқ чолларда юлдузлик қолдими, номи қолган холос.