
Qozog‘istonlik futbolchi doping yordamida ikkita gol urdi
2022 yilgi jahon chempionati saralash turnirida Ukraina terma jamoasi darvozasini ikki marotaba ishhol qilgan qozog‘istonlik Ruslan Valiulin doping-testdan o‘ta olmadi.
- Qozog‘iston terma jamoasi va “Tobol” klubi himoyachisi Ruslan Valiulinning testi musbat natija berdi. Bu qanday yuz berganini bilmaymanu, futbolchi Bosniyaga qarshi uchrashuvni aynan shu sababli o‘tkazib yubordi.
Hozircha, Valiulin doping-testidan qaysi taqiqlangan modda topilgani noma’lum, lekin mening ma’lumotlarimga qaraganda, vaziyat juda yomon, - deb yozmoqda qozog‘istonlik Aydin Kojaxmet.
1 sentyabr kuni Nur-Sultonda o‘tkazilgan uchrashuvda Ruslan Vadiulin ukrainalik darvozasiga ikki gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi – 2:2.
Fikrlar