Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Qozog‘istonlik jangchi UFCda debyut qiladi

Izohlar: 0

Shavkat Raxmonov UFC doirasida mart oyida oktagonga ko‘tariladi.

Qozog‘istonlik Shavkat Raxmonov 2019 yili UFC bilan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgan edi. Ammo uning qachon jang o‘tkazishi noma’lum bo‘lib turgandi.

Raxmonovning menedjeri Sayat Abduraxmonov ma’lum qilishicha, UFCning mart oyida bo‘lib o‘tadigan musobaqasida qozoq jangchisi debyut qiladi.

Qo‘shnilarimizning jangchisiga polshalik Bartosh Fabinski raqiblik qiladi. Fabinski 2015 yildan buyon, UFCda janglarini o‘tkazib keladi.

Ma’lumot uchun, Raxmonov MMAdagi faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Uning bo‘lajak raqibi Fabinski hisobida 14 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q