Qozoq bokschisi Shohjahon Ergashev bilan jang qilishni xohlamadi va promouterining g‘azabiga sabab bo‘ldi

  • 19 sentabr, 2020, 17:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Kanadaning “Eye of the Tiger Management” promouterlik kompaniyasi rahbari Kamill Estefan Journaldemontreal.com bilan suhbatda qozog‘istonlik bokschi Botir Jukembaev (18-0, 14 KO) o‘zbek bokschisi Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) bilan jang qilishdan bosh tortganligini ma’lum qilgan.Bu haqida Sports.kz sayti ham xabar bermoqda.

Tecno

Avvalroq, qozoq bokschisiga noyabr oyida Ergashev bilan jang qilish taklifi bildirilgan edi. Lekin Jukembaev buni istamagan. Ushbu rad javobi kompaniya rahbarini juda xafa qilgan. Hatto, Moskvadagi murabbiyi Andrey "Bupas" Ivichuk ham Jukembaevni Ergashev bilan jang qilish uchun ko‘ndirishga uringanini tan oldi.

"Biz uning murabbiyi “Bupas”ga shartnoma taklif qilganimizda, juda xursand bo‘lgandi. U mazkur chaqiruvni qabul qilishga tayyor edi va menga Botirning g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyati borligini aytgandi. "Bupas" Botirni uch kun ko‘ndirishga harakat qildi, ammo barchasi natija bermadi. Qiziq, uni ushbu jangga rozi qilish uchun nima qilishim kerak edi? U bizning "Super 6" turnirimiz va to‘rtta bokschining mini-turniridan bosh tortdi. U mendan AQShda katta jang tashkil qilishni iltimos qildi. Ergashevni taklif qildim, u yana rad etdi”- dedi Jukembaevning promouteri.

Eslatib o‘tamiz, Botir Jukembaevning ringdagi so‘nggi chiqishi yanvar oyida bo‘lib o‘tgan va o‘sha jangning ikkinchi raundida meksikalik  Rikardo Larani (22-8, 10 KO) nokautga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
19/09/2020 18:33
qurqqanda
&
Ahli ilm
22/09/2020 00:49
Yo'q unaqamas. Yoki ohiriga op qo'ygan bo'lishi, yoki qardoshlik hissi kuchliligidan bo'lishi mumkin. Chunki bu yutuq hech qaysi tomonga uncha katta xursandchilik olib kelmaydi.