"Quvayt SK" yarim finalda, Sardor Rashidovdan golli uzatma

  • 17.09.2021 19:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Quvayt Amir Kubogida ishtirokini davom ettirayotgan “Quvayt SK” klubining bungacha 1\8 finalda “Al-Saxel”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgani haqida saytimiz orqali xabar bergandik.

Chorak finalda Sardor Rashidov jamoasi “Xaytan” klubiga qarshi o‘ynadi. Mazkur uchrashuvda “Quvayt SK” 2:0 hisobida g‘alaba qozonib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Rashidov esa zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni kuchaytirdi. Qizig‘i, ikkala gol ham tanaffusdan keyin kiritildi.

rashidov4_1

Avvaliga Barraxma 66-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi golda hamyurtimizning hissasi katta bo‘ldi. 81-daqiqada Sardor qanotdan tezkorlik bilan reyd uyushtirib, raqiblarini ortda qoldirgan holda jamoadoshini to‘p bilan ta’minladi va Turkomani o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni 2:0 ga etkazdi. Shu tariqa, Rashidov ikkinchi golga assist vazifasini bajardi.  

Shunday qilib, “Quvayt SK” Amir Kubogining yarim finaliga chiqdi. Bu g‘alaba Rashidov va uning jamoasi uchun OFK Kubogi yarim finali oldidan juda muhim edi. Boisi, “Quvayt SK” keyingi o‘yinini 21 sentyabr kuni aynan OFK Kubogi yarim finali doirasida Iordaniyaning “Al-Salt” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!