Rabo APLning 3ta grandi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 3 may, 2019, 08:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi yarim himoyachisi Adrian Rabo katta ehtimol bilan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.

Tecno

Daily Mirror nashrining xabar berishicha 24 yoshli frantsiyalik futbolchi ayni damda APLning uch grandi - "Arsenal", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Raboning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U ushbu kelishuvni uzaytirishdan bosh tortgani uchun rahbariyati uni mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan maxrum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Rabo joriy mavsum PSJ safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!